BMT Xavfsizlik kengashiga ko‘rib chiqish uchun berilgan Eron yadro dasturi bo‘yicha rezolyutsiya loyihasi Tehronga qarshi barcha sanksiyalar o‘n yildan so‘ng bekor qilinishini ko‘zda tutadi, bunda mamlakat hukumati Venada “oltilik” bilan erishilgan kelishuvni amalga oshirishi shart qilib qo‘yilgan. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Hujjatga ko‘ra, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikdan 14-iyul kuni Avstriya poytaxtida qabul qilingan Hamkorlikdagi keng qamrovli harakatlar rejasi (HKHR) asosiy qoidalarini bajarganligi haqida ma’ruza kelib tushishi bilan, Xavfsizlik kengashining Eron yadro dasturiga tegishli avvalgi qarorlari amal qilishdan to‘xtaydi. Va cheklovning yangi, kuchsizlantirilgan rejimi o‘rnatiladi.
Shu bilan birga, HKHR qabul qilinganidan o‘n yil o‘tib, ushbu rezolyutsiya qoidalari amal qilmay qo‘yadi.
Izoh (0)