Fransiyada basklarning ETA terrorchilik tashkiloti ikki rahbariga nisbatan ayblov e’lon qilindi. “TASS” xabariga ko‘ra, ular 7-iyul kuni hibsga olingan.
Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, Inyaki Reta de Frutos va Xavyer Goyenetkse ETAning yuqori martabali vakillari hisoblanadi, ular tashkilot ta’minoti bilan shug‘ullangan, xususan, oq-dori va portlovchi vositalarni yetkazib bergan.
Bundan tashqari, Goyenetkse 2010-yili Parij yaqinidagi otishma vaqtida fransiyalik politsiyachini o‘ldirishda ham gumon qilinmoqda.
Gumonlanuvchilarning har ikkisi Ispaniya politsiyasidan tomonidan qidirilayotgan ETA terrorchilari ro‘yxatining boshida turgandi.
Izoh (0)