Olimlar Qozog‘istonning Akmola viloyati Kalachi qishlog‘idagi “uyqu” kasali sababini aniqladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Berdibek Saparbayevning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy kasallikka qishloq yaqinidagi tashlandiq uran konlarida yig‘ilib qolgan is gazi sabab bo‘lgan.
“Qachonlardir yopilgan uran konlarida vaqti-vaqti bilan is gazi to‘planib qolishi hodisasi kuzatiladi. O‘z navbatida, bu havoda kislorod miqdori kamayishiga hamda qishloqdagi “uyqu” kasaliga sabab bo‘lgan”, - deydi Saparbayev.
Qayd etishlaricha, mazkur hudud aholisi 2016-yil oxirigacha boshqa joylarga ko‘chiriladi.
Izoh (0)