Yamandagi nizo tomonlari gumanitar yarashuv haqida kelishuvga erishdi, u 11-iyulga o‘tar kechasi boshlanib, olti kun — Ramazon oyi oxirigacha davom etadi, deya xabar bermoqda “Vedomosti” BMT bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrikka tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nizo ishtirokchilari bosh kotib Pan Gi Munni dastlabki shartlarsiz jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyorligi haqida xabardor qilgan.
Yarashuv yer ustidagi har qanday operatsiyalar, shuningdek, koalitsiya aviazarbalari to‘xtatilishini ko‘zda tutadi.
Izoh (0)