Gretsiya hukumati yangi islohotlar rejasining bajarilishi hisobiga xalqaro kreditorlardan 53,5 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam olishga umid qilmoqda. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Afina tomonidan tayyorlangan reja 10-iyul kuni Yevrokomissiyaga yuborilgan. U Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning 12-iyul kuni bo‘ladigan sammitida muhokama qilinadi.
Yevrokomissiya Gretsiyadan islohotlar rejasini olganini tasdiqladi, biroq na uning mazmuni haqida va na Afinaning yangi kreditlarni olish haqidagi so‘rovi yuzasidan izoh berdi.
Gretsiya hukumatining qayd etishicha, 2018-yilga qadar davlat qarziga xizmat ko‘rsatish, uzoq muddatli qarz majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish, shuningdek, iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish uchun 53,5 milliard yevro miqdoridagi moliyaviy yordam zarur.
Izoh (0)