“Bunyodkor” klubi akademiyasining 2002-yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoasi hujumchisi Bo‘ronbek Mirzasalimov Toshkentdan Londonga yo‘l oldi. U “Arsenal” klubi yoshlar jamoasida malaka oshirish treninglarida qatnashadi. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.
“Arsenal” akademiyasiga taklif olish futbolchi oldiga qo‘yilgan ma’lum shartlarning talab darajasida bajarilganidan so‘ng amalga oshdi. Jumladan, futbolchi o‘z tengqurlari orasida yetakchi to‘purarlardan hisoblanadi. Qolaversa, Mirsalimov Londonga yetib borgach, ingliz tili bo‘yicha imtihonni a’lo darajada topshirdi: savollarning barchasiga aniq javob berib, maxsus sertifikatga ham ega bo‘ldi.
Izoh (0)