Bugun tunda professional boksning super og‘ir vazn toifasi WBA yo‘nalishida “muntazam” jahon chempionligi kamarini o‘zida saqlab kelayotgan o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev o‘z titulini himoya qilish uchun ringga ko‘tariladi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Italiyalik Franchesko Pyanetaga qarshi o‘tkaziladigan himoya jangi Germaniyaning Magdeburg shahrida bo‘lib o‘tadi.
Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadigan chempionlik jangini “Rossiya 2” telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etadi.
Izoh (0)