Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining bobosi yakunlangan Amerika Kubogida o‘z nabirasining harakatlaridan qoniqmaganini aytib o‘tdi, deb xabar qiladi “Sports.ru”.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi turnir finalida Chiliga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shundan so‘ng “Barselona” futbolchisini ko‘pchilik qatori o‘z bobosi ham tanqid qildi.
“So‘nggi uch o‘yinni u yomon o‘tkazdi. U dangasalik qildi”, — dedi Antonio Kuchchitini.
Izoh (0)