Hindiston bosh vaziri Narendra Modi BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika) mamlakatlarining o‘z kinofestivalini ta’sis etish va ular o‘rtasida sport turlari, jumladan, futbol bo‘yicha chempionat o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. Bu g‘oyani u BRIKS yetakchilarining Ufa shahridagi kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvida bildirib o‘tdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Mamlakati Rossiyadan so‘ng BRIKSda raislik qiladigan Modi a’zo davlatlarda 2030-yilga kelib, qashshoqlikka barham berish masalasini uyushmani 2015-yildan keyin rivojlantirish kun tartibidagi asosiy vazifa etib belgilashga da’vat etdi. Shuningdek, so‘zining yakunida hamkasblarini Hindistonda bo‘lib o‘tadigan BRIKSning navbatdagi sammitiga taklif qildi.
Izoh (0)