Xitoy sharqidagi Chjeszyan viloyatida vayron bo‘lgan poyabzal fabrikasi qurbonlari soni 14 kishiga yetdi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, 33 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Hodisa 4-iyul, shanba kuni Venlin shahridagi poyabzal fabrikasida yuz bergandi. Mahalliy ma’muriyat bino qulashining rasmiy sababini hozircha ma’lum qilgani yo‘q.
China Daily ma’lumotlariga ko‘ra, bino qulaganidan so‘ng, to‘qqiz kishi vayronalar ostidan mustaqil ravishda chiqib kelgan. Hodisa yuz bergan vaqtda bino ichida 50 kishi bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)