Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastro 4-iyul, shanba kuni mahalliy pishloq pishiruvchilar bilan ko‘rishdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Agentlik xabariga ko‘ra, bu Kastroning so‘nggi 3 oy mobaynida birinchi marta omma oldida ko‘rinish berishi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarida chop etilgan suratlarda 88 yoshli Fidel oziq-ovqat vazirligiga qarashli ilmiy-tadqiqot instituti auditoriyasida o‘tirgani tasvirlangan.
Izoh (0)