Fransiya temir yo‘llari operatori bo‘lmish SNCF Kanadaning Bombardier kompaniyasidan yangi poyezdlarni qabul qilib oldi, ammo ular keragidan ko‘ra bir necha millimetr balandligi sababli foydalanishni boshlolmayapti. Oqibatda poyezdlar Fransiya va Italiya o‘rtasidagi ulardan foydalanish ko‘zda tutilgan tunnellardan o‘ta olmaydi, deya xabar bermoqda Meduza.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin oylar davomida poyezdlar Lez Ark — Ventimilya yo‘nalishida baribir harakatlanishni boshlaydi, ammo ikki mamlakat chegarasida to‘xtaydi va yo‘lovchilar boshqa poyezdlarga o‘tkaziladi. Tunnellar poyezdni o‘tkaza olishi uchun amalga oshiriladigan ishlar faqat kuzdagina boshlanadi.
Bu buyurtma qilingan poyezdlar fransuzlarga to‘g‘ri kelmasligi bilan bog‘liq ikkinchi voqeadir: 2014-yilda SNCF mahalliy platformalar uchun o‘ta kenglik qilgan poyezdlar sotib olgan, natijada qo‘shimcha 50 million yevro sarflab, 1300 platformani moslashtirishga to‘g‘ri kelgandi.
Izoh (0)