Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvilining jamoasi a’zolari oylik maoshni AQSh hukumatidan oladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Gap qancha miqdordagi pul haqida ketayotganiga Saakashvili aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2004—2013-yillarda Gruziyaga prezidentlik qilgan Mixail Saakashvili 2015-yil may oyi oxirida Ukrainaning Odessa viloyati davlat ma’muriyati raisi etib tayinlangan edi.
Izoh (0)