Rossiyalik taniqli psixoterapevt Anatoliy Kashpirovskiy xalq tabobati bilan noqonuniy ravishda shug‘ullangani uchun Permda sud qilinadi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Xabar berishlaricha, Kashpirovskiyga nisbatan Rossiya ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining “Xalq tabobati bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanish” moddasi bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi tuzilgan va sudga yuborilgan.
Mazkur modda bo‘yicha aybdor, deb topilgan shaxs 2 ming rubldan 4 ming rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Avvalroq, 2015-yil bahorida Perm o‘lkasi qonunchilik kengashi deputati Aleksandr Telepnev Kashpirovskiyning faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni so‘rab, hudud prokuraturasiga murojaat qilgandi.
Deputat xuddi shu masala yuzasidan o‘lka sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilganida, “Kashpirovskiy Perm o‘lkasi hududida xalq tabobati bilan shug‘ullanishi uchun maxsus ruxsatnomasi yo‘qligi” ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)