Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gretsiya tomonining tashabbusi bilan 6-iyul, dushanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Gretsiya bosh vaziri Aleksis Sipras o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Foto: “telegraf.com.ua”

Foto: “telegraf.com.ua”

“Suhbat davomida xalqaro kreditorlarning Afinaga moliyaviy yordam ko‘rsatish shartlari bo‘yicha Gretsiyada bo‘lib o‘tgan referendum yakunlari, shuningdek, Rossiya-Gretsiya hamkorligining ba’zi masalalari muhokama qilindi”, — deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.

Qayd etishlaricha, Putin Gretsiya oldida turgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishda grek xalqini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Avvalroq Reuters agentligi grek hukumatidagi manbaga asoslanib, Sipras Afinada davom etayotgan muzokaralardagi tanaffus vaqtida Putinga qo‘ng‘iroq qilayotgani haqida xabar bergandi. O‘z navbatida, Kremldagi manba “haqiqatan ham shunday suhbat rejalashtirilgani”ni tasdiqlagan.

Gretsiyada 5-iyul kuni qarzdorlikni tartibga solish bo‘yicha xalqaro kreditorlar tomonidan ilgari surilgan taklifni Afina qabul qilishi kerakmi yoki yo‘qmi, degan masala yuzasidan referendum bo‘lib o‘tdi. Plebistsit natijalariga ko‘ra, greklarning 61,3 foizi kreditlarning shartlariga qarshi ovoz berdi, 38,9 foizi esa bu shartlarni qo‘llab-quvvatladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Vafotidan keyin taqdirlangan Tupak Shakur, Isroil armiyasiga tosh otayotgan falastinlik, pichoqlangan bolalar — 8-iyun suratlari
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Dunyo
BMT Falastinda sodir etilgan urush jinoyatlari uchun Isroilni aybdor deb topdi