Pokiston bosh vaziri Navaz Sharifning fikricha, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zolik Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlikning kuchayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sharifning umid bildirishicha, ShHTga a’zolik Hindiston bilan ikki tomonlama munosabatlarning yanada yaxshilanishiga sabab bo‘ladi, har ikkala mamlakatga o‘zaro manfaat keltiradi.
“ShHT tashkilot maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida Pokiston va Hindistonga birgalikda ishlash maydonini taqdim etib, har ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning o‘sishiga ham xizmat qiladi”, — deydi Pokiston bosh vaziri.
Izoh (0)