Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Filippinda 2-iyul, payshanba kuni cho‘kib ketgan parom qurbonlari soni 61 kishiga yetdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Thanhniennews.com”

Foto: “Thanhniennews.com”

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, kema halokatiga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Biroq Filippin matbuotining qayd etishicha, kemadagi yuk miqdori belgilanganidan ortib ketgan — unda, yo‘lovchilardan tashqari, guruch va sement to‘la qoplar ham bo‘lgan.

Davlat rahbarining rasmiy vakili Abigayl Valtening ma’lum qilishicha, Filippin prezidenti Benigno Akino sohil qo‘riqlash xizmatiga bedarak yo‘qolganlarni topish uchun barcha choralarni ishga solish haqida ko‘rsatma bergan.

Biroq, “Qizil Xoch”ning Filippin bo‘limi boshlig‘i Richard Gordonning ma’lum qilishicha, noqulay ob-havo sharoiti keng miqyosli qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishga imkon bermayapti.

Halokatga uchragan Kim Nirvana paromi Ormok shahridan Pilar portiga yo‘l olgandi. Uning bortida 187 kishi bo‘lgani aytilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi