AQShning “Arli Berk” turidagi USS Porter (DDG 78) raketa esminetsi 5-iyulda Qora dengizga yo‘l oldi. Bu haqda AQSh harbiy dengiz kuchlari (HDK) saytiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Kema komandiri Bleyr Gayning ta’kidlashicha, “harbiy kemalarning Qora dengizda bo‘lishi nafaqat ittifoqchilar bilan munosabatlarni mustahkamlaydi, balki mintaqadagi barqarorlikni ta’minlashga ham hissa qo‘shadi”.
Rossiya Mudofaa vazirligi bir necha bor xabar qilganidek, keyingi bir yarim yil ichida NATO qo‘shinlarining Rossiya chegaralari yaqinidagi jangovar tayyorgarligi kuchaygan, ittifoqdoshlar o‘quv mashqlari davomida kurashayotgan ehtimoliy raqibda esa Rossiyani payqash qiyin emas.
Izoh (0)