Rossiya ichki ishlar vazirligi 7-iyul, seshanba kuni xavfsiz fotosuratga olish qoidalari tushuntiriladigan videokonferensiya o‘tkazadi. Bu haqda vazirlik matbuot markaziga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Videokonferensiyada jurnalistlar va jamoat tashkilotlari orqali fuqarolarga selfiga tushish chog‘ida ro‘y bergan fojiali hodisalarning har birining oldini olish mumkin bo‘lganligi to‘g‘risida tushuntirilmoqchi. “Selfi hayot uchun xavfsiz bo‘lganda ham esda qolishi va hayratga solishi mumkin”, — deya ta’kidlashgan vazirlikda.
Bunday bezovtalikka Moskvada selfi bilan bog‘liq navbatdagi fojia sabab bo‘ldi: 21 yoshli qiz do‘stlari bilan suratga tushayotib, ko‘prikdan qulab tushgan va hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh (0)