AQShning Texas shtati janubi-sharqida kichik Aeronca 7BCM Champion samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy ma’muriyat vakillarining ma’lum qilishicha, aviahalokat natijasida havo kemasi bortida bo‘lgan bir erkak va bir ayol vafot etgan.
Qayd etishlaricha, samolyot Portlend shahridagi turar-joy binolari yaqiniga qulagan. Yerda bo‘lgan odamlarga zarar yetmagan.
Hodisa yuzasidan AQSh Federal aviatsiya boshqaruvi vakillari tekshiruv ishlarini boshlagan.
Izoh (0)