Chili terma jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal Argentinaga qarshi Amerika Kubogi final uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
120 daqiqa davomida 28 yoshli futbolchi 53 ta uzatmaga mualliflik qilib, ikki marta darvozaga zarba berdi. Bundan tashqari, u o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida gol kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, finalda Chili penaltilar seriyasiga ko‘ra Argentinani 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Izoh (0)