Germaniyaning Byul shahrida yengil atletika bo‘yicha navbatdagi xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi “Sports.uz”.
O‘zbekistonlik yengil atletikachilar ham ushbu musobaqada o‘z omadlarini sinab ko‘rmoqda.
Balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Svetlana Radzivil musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritdi. 1,88 metr Radzivilning shohsupaga ko‘tarilishi uchun yetarli bo‘ldi. Dastlabki ikki o‘rin mezbon atletlar Mari-Loren Yungflesh hamda Katerin Mogenburgga nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, Svetlana Radzivil iyun oyi boshida Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1,91 metr balandlikka sakrab, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)