Germaniyalik erkak xotini bilan ajrashgach, butun mol-mulkni teng ikkiga bo‘lgani haqidagi xabar Deutsche Anwaltauskunft yuristlar birlashmasining to‘qima hikoyasi bo‘lib chiqdi, deb yozadi Meduza.
Birlashma vakillari aytishicha, ular shu tariqa, o‘zlarini ehtimoliy ajrashuvga tayyorlaydigan (masalan, nikoh shartnomasi yordamida) oilaviy juftliklar juda kamchilik ekanligiga e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan. Biroq ular ushbu hazilomuz xabar bunchalik keng tarqalishini kutmagan.
Umumiy mol-mulkni arralab tashlagan erkak haqidagi xabar uydirma bo‘lsa-da, teng yarmidan bo‘lingan buyumlar haqiqatda mavjud va sotuvga qo‘yilgani ham rost. Hazil mualliflari eBay’da maksimal narx taklif qilgan xaridorlarni aslida bunday ajrashuv bo‘lmagani haqida ogohlantirishga va’da berdi.
Izoh (0)