Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan jazo sanksiyalarini 2016-yil 31-yanvariga qadar uzaytirish haqidagi hujjat Yevroittifoqning rasmiy jurnalida e’lon qilindi. RBC.ru’ning xabar berishicha, hujjat chop etilgan sanadan boshlab sanksiyalarning amal qilishini uzaytirish haqidagi qaror kuchga kirdi.
Sanksiyalarni uzaytirish haqidagi qaror Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining Bryusseldagi doimiy vakillari bilan 17-iyun kuni kelishilgan va 22-iyun kuni Yevroittifoq mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida tasdiqlangan. Yevropa Ittifoqi sanksiyalarning uzaytirilishi Rossiya tomonidan Minsk kelishuvlari talablari to‘liq bajarilmayotgani bilan bog‘liq ekanligini ma’lum qildi.
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 22-iyun kuni, Yevropa sanksiyalari 2016-yil yanvar oyi oxiriga qadar uzaytirilganiga javoban Yevropa oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan Rossiya tomonidan joriy etilgan embargo ham shu davrgacha uzaytirilishini ma’lum qildi.
Izoh (0)