Alyaskaning Igl-River nomli manzilgohida Neni laqabli mushuk xonadon eshigidan qora ayiqni haydab soldi, deya xabar bermoqda The Time.
Hodisa videoyozuvini mushukning egasi – Darliss Elliot YouTube’ga joylashtirgan.
Mushuk kirish eshigining oynasi orqali zinada o‘tirgan baribalni ko‘rib qolgan va u tomonga qarab sakragan. Bunday harakatni kutmagan ayiq esa chekinishga urinib, zinadan ag‘anagan va so‘ng o‘zini o‘nglab, nari ketgan.
Elliottning aytishicha, u Nenining bu harakatlaridan juda hayron qolgan. Amerikalik ayolning so‘zlariga ko‘ra, uning mushugi aslida hadiksirashga ko‘proq moyil edi.
“Unga nima bo‘lganini bilmayman”, - dedi Darliss. Ayolning taxminicha, mushuk ortida xo‘jayini turganiga ishonib, o‘zida bir jasorat topgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)