Amerikaning raketa qurolini boshqarish bo‘yicha “Labun” esminetsi Qora dengizda Ruminiyaning “Eustatiu Sebastyan” korveti bilan birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, ekipajlar mazkur mashg‘ulotlar davomida havo hujumidan mudofaa ko‘nikmalarini qayta ishlashgan.
Amerika esminetsi 21-iyun kuni Fransiyaning “Dyupyui de Lom” razvedka kemasi hamrohligida Qora dengizga kirib kelgandi, rumin kemasi bilan birgalikdagi mashg‘ulotlar esa 22-23-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi.
AQSH harbiy-dengiz kuchlarining “Arli Berk” tasnifiga oid “Labun” eskadra minonosetsi 1995-yili foydalanishga topshirilgan bo‘lib, unga yadroviy kallaklar bilan ta’minlangan 56ta “Tomagavk” qanotli raketalarini otish imkoniga ega “Ijis” tizimi uskunalari o‘rnatilgan. Bundan tashqari, kema bortiga SH-60 “Si Xok” vertolyoti qo‘na oladi, ekipaji esa 337 kishidan iborat.
Izoh (0)