Amerika Qo‘shma Shtatlari NATO tarkibiga kiruvchi Sharqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlariga zirhli texnika joylashtiradi, deb xabar beradi “Meduza”.
AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karterning so‘zlariga ko‘ra, Bolgariya, Latviya, Litva, Ruminiya, Polsha, Estoniya va Germaniyaga tank, bronetransportyor va o‘ziyurar gaubitsalardan iborat 250 ta zirhli texnika joylashtiriladi.
Har bir mamlakatga nechtadan zirhli texnika joylashtirilishiga hozircha aniqlik kiritilmayapti. Pentagon faqatgina Yevropada bor bo‘lgan texnikalarini qaytadan joylashtirishini ma’lum qildi.
Izoh (0)