Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Shotlandiya hududidagi yer-mulkidan tushadigan daromadning bir qismini olishdan to‘xtaydi, deya xabar bermoqda Meduza.
Shotlandiya hukumati qaroriga ko‘ra, mamlakatdagi qirollik oilasiga tegishli yer va ko‘chmas mulkdan olingan pullar mamlakat hududida sarflanadi. Shotlandiya har yili qirollik oilasiga 2,2 million funt — Yelizaveta IIning Shotlandiyadagi yer-mulkidan keladigan daromadning 15 foizini yo‘naltirgan.
Bukingem saroyidagilar ma’lum qilishicha, Shotlandiya bundan keyin ham byudjetga soliq ushlanmalarini o‘tkazadi, undan esa o‘z navbatida, qirollik oilasi ta’minotiga pul ajratiladi.
Izoh (0)