Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Shimkiv sobiq prezident Viktor Yanukovichning Britaniya nashriga bergan intervyusiga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar beradi “Segodnya”.
“Agar Yanukovich o‘zini aybsiz, deb hisoblasa, u Ukrainaga qaytishi va buni sudda isbotlashi mumkin”, — dedi Shimkiv.
Eslatib o‘tamiz, Viktor Yanukovich 2014-yil fevral oyida mamlakatdagi tartibsizliklar oqibatida Ukrainadan Rossiya hududiga o‘tib ketgan edi. 2015-yil fevral oyida Ukraina Oliy Radasi Yanukovichni prezident maqomidan mahrum qilish haqida qonun qabul qilgan, iyun oyida esa Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Konstitutsiyaviy sudiga ushbu qonunni g‘ayrikonstitutsiyaviy deb topishni so‘rab murojaat qilgan edi.
Izoh (0)