Tojikiston NATOning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda, “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, NATO Parlament assambleyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv vaqtida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ma’lum qilgan.
Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv vaqtida NATO bilan hamkorlik masalalari, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik va Tojikistonning tegishli tuzilmalarini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilingan. Afg‘oniston va tojik-afg‘on chegarasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga ko‘mak berish yo‘nalishida hamkorlik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur hamkorlik “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi hamda Tojikiston va NATO o‘rtasidagi individual sheriklik va hamkorlik rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)