Angliyaning Birmingem shahrida Emirates aviakompaniyasi samolyot salonidan kalamush chiqqani sabab Dubayga uchayotgan reysni qoldirdi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.
Hodisa 15-iyun kuni yuz bergan. Avialayner terminalni tark etib, uchishga tayyorlanayotgan vaqtda yo‘lovchilar salon ichida kemiruvchi yugurib yurganini ko‘rib qolgan.
Shu sabab samolyot aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi. Barcha yo‘lovchilar samolyotdan chiqib ketganidan so‘ng, muhandis va farroshlar havo kemasini tozalab chiqishdi.
“Yo‘lovchilar bir kecha mehmonxonalarga joylashtirildi, shuningdek, ularga Emirates’ning boshqa reyslarida Dubayga yetib olish taklif qilindi”, - deya xabar bermoqda aviakompaniya matbuot xizmati.
Izoh (0)