O‘zbekiston milliy terma jamoasi 16-iyun kuni safarda KXDR termasiga qarshi maydonga tushib, 4:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ana shu uchrashuvda 90 daqiqa harakat qilgan O‘zbekiston termasi himoyachisi, Moskvaning “Lokomotiv” klubi a’zosi Vitaliy Denisov o‘yindan keyin tvitterdagi sahifasida safardagi mag‘lubiyat borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Sizlarning har biringiz bilan suhbatga kirishib, bahslashish niyatim yo‘q. Bu mag‘lubiyatni unutib, yaxshilab dam olish va kuchga to‘lib qaytish kerak”, — deydi Denisov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh saralashi doirasidagi keyingi o‘yinini shu yilning 3-sentabr kuni Toshkentda Yaman termasiga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)