16-iyun kuni 2018-yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qirg‘iziston amaldagi Osiyo chempioni Avstraliyani qabul qildi, deb xabar qiladi “Sports.ru”.
Mehmonlar birinchi hujumdayoq jarima zarbasi ishladi va Mayl Yedinak uni golga aylantirdi. Bu vaqtda 2-daqiqa o‘tib borayotgandi. 67-daqiqada Tommi Oar oradagi farqni ikkitaga oshirdi. O‘yinga qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada Almazbek Mirzaliyev o‘zini Maradonadek his qilgan bo‘lsa ajabmas. U burchakdan yetkazib berilgan to‘pni qo‘li bilan darvozaga kiritdi va hakam golni inobatga oldi.
https://youtu.be/tSj-zMbK6wU
Bahs 2:1 hisobida mehmonlarning foydasiga hal bo‘ldi. Ammo uchrashuv davomida qirg‘izlar zarbalar bo‘yicha Avstraliyadan ustunlik qildi — 24 ta zarba (8 ta aniq)ga qarshi 14 ta (5 ta aniq).
Izoh (0)