“Sampdoriya” klubining sobiq ustozi Sinisha Mixaylovich rasman “Milan” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Serbiyalik mutaxassis “rossonerilar” bilan 2017-yilning yozigacha shartnoma imzoladi.
O‘tgan mavsumda “Sampdoriya” Mixaylovich qo‘l ostida Italiya A Seriyasida 7-o‘rinni egalladi. Bu esa genuyaliklarga Yevropa Ligasi saralashida ishtirok etish imkonini beradi. 46 yoshli mutaxassis bunga qadar “Bolonya”, “Kataniya”, “Fiorentina” klublari hamda Serbiya terma jamoasida ishlagan.
Mixaylovich 16-iyunda “Milan” bosh murabbiyi lavozimidan bo‘shatilgan Filippo Inzagining o‘rnini egalladi.
Izoh (0)