WBA versiyasi bo‘yicha muntazam jahon chempioni 36 yoshli o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev superog‘ir vazn toifasining WBA versiyasida ixtiyoriy himoya jangini 11-iyul kuni Magdeburg (Germaniya)da 30 yoshli germaniyalik Franchesko Pyanetaga (31-1-1, 17 KO) qarshi o‘tkazadi, deb xabar qiladi “Sports.uz”.
Chagayev bu to‘qnashuvda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmasligini ta’kidlab o‘tgan.
“Men hozirda juda yaxshi formadan. So‘nggi vaqtlarda o‘zimni xuddi 10 yoshga yoshargandek his qilyapman. Ringga chiqish vaqtini sabrsizlik bilan kutyapman. Men albatta, raqibim Pyanetadan uzr so‘rayman. Bu to‘qnashuvda unda hech qanday imkoniyat bo‘lmaydi”, – deydi Chagayev.
Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak jangda Chagayev g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, keyingi to‘qnashuvni majburiy ravishda avstraliyalik Lukas Braunga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)