Qozog‘istonning Chimkent shahrida uch nafar ishchi chiqindi tashishda davlat bayrog‘idan foydalandi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”.
Ushbu voqeani guvohlar kameraga muhrladi. Rasmlarda uch kishi konteynerdagi axlatni bayroq ichiga solayotgani aks etgan (uni chiqindi tashuvchi mashinaga olib borishni rejalashtirgan bo‘lsa kerak).
Bu aynan qayerda sodir bo‘lgani, qaysi kompaniya ishchilari chiqindini shu tariqa tashiyotganini ayni paytda Chimkent IIBB xodimlari aniqlamoqda.
Boshqarma boshlig‘i Darxon Meyrxon so‘zlariga ko‘ra, aybdorlar Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 372-moddasi (“Davlat ramzlariga behurmatlik ko‘rsatish”) bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. Ular oylik hisob ko‘rsatkichining 2 ming barobarigacha bo‘lgan jarima yoki axloq tuzatish ishlari, yoki 2 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.
Ayni paytda brigada a’zolari shaxsi aniqlanmoqda.
Izoh (0)