BAA va Qozog‘istonning pochta operatorlari ikki davlat rahbarlariga bag‘ishlangan pochta markalari chiqarishga kelishib oldi, deb xabar beradi “Newskaz.kz”.
“Birlashgan Arab Amirliklarining Emirates Post va Qozog‘istonning Kazpost pochta operatorlari ikki do‘stona mamlakat rahbarlari — Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va BAA prezidenti shayh Halifa bin Zaid al Nahayanuga atalgan pochta markalari ishlab chiqarishga kelishib oldi”, — deyiladi Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi xabarida.
9-iyun kuni Dubayda pochta markalari taqdimoti o‘tkazildi.
Izoh (0)