Politsiya Deutsche Bank’ning Frankfurtdagi bosh qarorgohida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda Meduza.io xabar bermoqda.
Germaniya Bosh prokuraturasidan ma’lum qilishlaricha, tintuv “olib borilayotgan tergov doirasida” o‘tkazilgan, boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan.
O‘z navbatida, Deutsche Bank tintuv o‘tkazilganini tasdiqlab, mazkur harakatlar uchun ruxsatnoma Visbaden prokuraturasi tomonidan berilganini qo‘shimcha qildi.
Deutsche Bank tomonidan tarqatilgan bayonotda qayd etilishicha, “tintuv mijozlar tomonidan amalga oshirilgan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq ma’lum operatsiyalarni o‘rganish ishi bilan bog‘liq dalillarni izlashga qaratilgan”.
Germaniya Bosh prokuraturasi tergovning “tezkor bosqichi” hali yakuniga yetmaganini bildirib, tintuv sabablarini ma’lum qilishdan bosh tortdi.
So‘nggi vaqtlarda Deutsche Bank bir qator mojarolarga aralashib qoldi. Xususan, bank pul yuvishga ko‘maklashish, soliqlardan bo‘yin tovlash, bazaviy foiz stavkalarini manipulyatsiya qilishda gumon qilinmoqda. Ushbu mojarolar ortidan 7-iyun kuni bank bosh direkrtorlari Anshu Jeyn va Yurgen Fitshen iste’fo berdi.
Izoh (0)