Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanilik shaxs ayol qarindoshi bilan janjallashib qoldi. O‘zaro tortishuv davomida o‘zining ustunligini namoyish qilib, ayoldan Nokia rusumli uyali telefon apparati va tilla bilaguzugini tortib oldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Jabrlanuvchi bu haqda tezda ichki ishlar idoralarini xabardor qildi. Vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida zo‘ravon qo‘lga olindi.Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)