5—6-iyun kunlari Ukrainaga tarixdagi ilk rasmiy tashrif bilan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe boradi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yaponiya hukumati rahbarining “Katta yettilik” sammiti arafasidagi tashrifi “Ukrainani qat’iy va har tomonlama siyosiy qo‘llab-quvvatlashning yorqin ko‘rinishi bo‘ladi”.
Uchrashuv va muzokaralar chog‘ida tomonlar siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnologik, gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari, global va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb muammolar, shuningdek Ukraina va Yaponiya hamkorligini muhokama qiladi.
Izoh (0)