Chexiyaning Prosteyov shahrida tennis bo‘yicha “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Sovrin jamg‘armasi 106 ming 500 yevrodan iborat musobaqada o‘zbekistonlik Farrux Do‘stov ham ishtirok etyapti.
O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi juftliklar bahsida kortga chiqdi. Polshalik Andrey Kapash bilan tandem hosil qilgan Do‘stov ilk davrada germaniyalik Martin Emmrix hamda shvetsiyalik Andreas Silestryom juftligiga 6:7, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Izoh (0)