Iordaniya shahzodasi Ali bin al Husayn FIFA prezidentligiga saylovlarda qatnashadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Nashr eslatishicha, o‘tgan saylovda al Husayn Blatterning yagona raqibi bo‘lgan. Biroq birinchi bosqichdan so‘ng Iordaniya shahzodasi o‘z nomzodini olib tashlagan edi. O‘shanda Blatter uchun 133 ta, al Husayn uchun 73 ta mamlakat ovoz bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidenti Yozef Blatter korrupsion mojaro sabab iste’foga chiqishini e’lon qildi. Yozef Blatter 1998-yildan beri FIFAga rahbarlik qilib kelayotgandi. 29-may kuni u navbatdagi muddatga saylangan edi.
Izoh (0)