Andijon shahrida xotin-qiz tennischilar o‘rtasidagi turnirning birinchi davra uchrashuvlari davom etmoqda, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lib, unda o‘zbekistonlik tennischilardan tashqari Ispaniya, Yaponiya, Chexiya, Ukraina, Rossiya, Serbiya, Turkiya, Hindiston kabi davlatlardan kelgan iste’dodli tennis malikalari ishtirok etmoqda.
Asosiy to‘r bahslarida o‘zbekistonlik 10 nafar tennischi ishtirok etmoqda. O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Andijon turnirining ikkinchi raketkasi sifatida qayd etilgan bo‘lib, 2-iyun kuni ilk davrada o‘zbekistonlik tennischi Shahnoza Xotamovani 6:0, 6:2 hisobida taslim etdi.
Yana bir o‘zbekistonlik Sabina Sharipova rossiyalik Margarita Lazarevani 6:4, 6:3 hisobida yengdi. Kutilmaganda Albina Xabibulina rossiyalik tennischi Anna Morginaga 6:3, 4:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shuningdek, o‘zbekistonlik tennischilardan Sarvinoz Sayidxo‘jayeva, Arina Folts, Go‘zal Yusupova, Polina Merenkova ham raqibalariga yutqazib qo‘ydi.
Izoh (0)