Butunrossiya o‘zbeklar va o‘zbekistonliklar kongressining Nijegorod viloyatidagi bo‘limi huzurida 2014-yil dekabrida tashkil etilgan “Vatandosh” ansambli 3-9 iyunlari Boshqirdistonda o‘tkaziladigan “Berdemlek – Sodrujestvo” milliy madaniyatlar xalqaro festivalida ishtirok etadi. Bu haqda Kultura.uz xabar bermoqda.
Boshqirdiston poytaxti – Ufa va yana boshqa bir qator shahar va tumanlarni qamrab oladigan festival doirasida “Vatandosh” ansambli boshqirdistonliklarni o‘zbek xalqining madaniyati bilan tanishtiradi. Ansambl repertuarida Vatan haqida qo‘shiqlar, raqslar, o‘zbek xalqining odat va qadriyatlarini ko‘rsatuvchi sahna ko‘rinishlari bor.
Rohat Niyozmetov rahbarligidagi ansambl qisqa vaqt oralig‘ida o‘z tomoshabinini topishga ulgurdi. “Vatandosh” hozirga qadar nafaqat viloyat miqyosidagi ko‘plab tadbirlarda, balki Moskvada tashkil etilgan Alisher Navoiy tavallud kuniga bag‘ishlangan bayramda, Navro‘z tantanalarida, Ozarbayjon shoiri Nizomiy-Ganjaviyga bag‘ishlangan oqshomda chiqish qildi.
Izoh (0)