Maykl Jeksonning to‘ng‘ich o‘g‘li — 18 yoshli Prins Jekson maktabni tugatdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”. Prinsni bitiruv bilan tabriklash uchun Maykl Jeksonning opasi La Toya keldi.
“Biz sen bilan faxrlanamiz, Prins! Sen buni uddalading. Buni a’loga uddalading!” — deb yozdi xonanda Twitter’ida.
Jekson doim o‘z oilasini matbuot va muxlislardan yashirishga harakat qilgan: otasi bilan omma oldiga chiqqanida bolalar yuzlariga niqob taqib olardi. Jeksonning o‘limidan so‘ng uch farzandi uning onasi Ketrin Jekson vasiyligiga o‘tdi.
Izoh (0)