Janubiy Koreyaning eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri GS Engineering & Construction Co. 28-may, payshanba kuni O‘zbekistonda neft-kimyo korxonasi loyihasi bo‘yicha 4,5 milliard dollarlik shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.
“O‘zbekneftgaz” MXK bilan hamjihatlik to‘g‘risidagi memorandumga muvofiq Janubiy Koreya kompaniyasi tabiiy gazdan olefin ishlab chiqarish bo‘yicha korxona quradi. Olefin plastmassa ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
GS Engineering & Construction Co. janubiy koreyalik investorlar bilan konsosium shakllantirib, loyiha qiymatining 50 foizini moliyalashtiradi, qolgan qismi “O‘zbekneftgaz” tomonidan qoplanadi.
Izoh (0)