Buxoro viloyati Vobkent tumani IIBga Bodomcha qishlog‘ida yashovchi fuqaroning hovlisiga noma’lum shaxslar yashirin ravishda kirib, olti bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketganligi haqida xabar kelib tushgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo‘lgan kishilari bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchi shaxsning alohida belgilari aniqlandi. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 23 va 21 yoshli mahalliy aholi vakili sodir etganligi aniqlandi.
G‘araz niyatli shaxslar qo‘lga olindi. Hozirda ularning boshqa mulkiy jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)