O‘zbekistonda davlat organlarining Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlarida sahifalarini yuritish masalalari muhokama qilindi, deya xabar bermoqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi matbuot xizmati.
“Facebook va boshqa ijtimoiy maydonchalarda sahifa yuritish bugungi kunda davlat organlari uchun katta ko‘mak bo‘lib hisoblanadi, chunki u OAVlar va umuman jamoatchilik uchun tezkor ma’lumot manbasi bo‘lib xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.
Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi vakili so‘zlariga ko‘ra, Facebook tarmog‘ida sahifa ochish orqali idora faoliyati haqida axborot tarqatish vazifasining bajarilishi ancha yengillashgan, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda idora xizmatidan foydalanuvchilar bilan muloqot qilish va ularning qiziqishlariga qarab ish olib borish imkoniyati yuzaga kelgan.
Izoh (0)