Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasida doimiy buyurtmachi — Rossiyaning VIM-avia aviakompaniyasi bilan hamkorlikning navbatdagi bosqichi amalga oshirilmoqda, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Tuzilgan shartnoma bo‘yicha uchinchi “Boing-757-200” samolyotiga aviakorxona ta’mirxonasida texnik xizmat ko‘rsatilmoqda.
Avvalgi ikkita havo kemasi ham texnik xizmat va ta’mirdan chiqib, buyurtmachiga qaytarib yuborildi.
Izoh (0)