2015-yilning 23-may kuni soat 16:00 da Samarqand shahar Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan “Marjona” to‘yxonasi oldida ikki noma’lum shaxs 1977-yilda tug‘ilgan mahalliy aholi vakilasining bo‘ynidan sariq metalldan yasalgan zanjirini ochiqdan-ochiq yulib olib, voqea joyidan yashiringanligini ma’lum qilingan, deb xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
Shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida g‘araz niyatli shaxslar qo‘lga olindi va talonchilik to‘liq fosh etildi. Ushbu talonchilikni mahalliy aholiga mansub ikki nafar — 33 va 30 yoshli fuqarolar sodir etgan ekan.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)